Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston eng baxtli mamlakatlar ro‘yxatida 47-o‘rinda
Dunyoda o‘zlarini baxtli deb hisoblovchi fuqarolar istiqomat qiladigan mamlakatlar reytingi tuzib chiqildi. Ma'lum bo‘lishicha, Norvegiya aholisi o‘zlarini Yer sayyorasidagi eng baxtli insonlar deb hisoblashadi. Britaniyaning The Spectator jurnali shu haqda o‘tkazilgan tadqiqot natijasini e'lon qildi.
Daniya va Islandiya ro‘yxatning kuchli uchligiga kiritilgan. Top-10 likka, shuningdek, Shveytsariya, Finlandiya, Niderlandiya, Kanada, Yangi Zelandiya, Avstraliya va Shvetsiya ham kirgan. AQSh ro‘yxatda 14-o‘ringa joylangan bo‘lsa, Buyuk Britaniya 19-o‘ringa munosib ko‘rilgan.
Aytish joizki, O‘zbekiston reytingning 47-o‘rnida qayd etilgan. Undan so‘ng Italiya, Rossiya, biroz quyiroqda Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlar bor. O‘zbekistonning bevosita yon qo‘shnilari bo‘lgan Turkmaniston 59-o‘rinda, Qozog‘iston 60-o‘rinda joylashtirilgan.
Tojikiston 96-, Qirg‘iziston 98-o‘ringa, Afg‘oniston 141-o‘ringa loyiq ko‘rilgan.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
09:00 / 13.06.2026
25 yilda dunyoning eng boy davlatlari reytingi qanday o‘zgardi?
12:12 / 09.06.2026