Jahon | 10:13 / 06.09.2017
10677
1 daqiqa o‘qiladi

Bill Klinton: Trampning qarori «Amerika orzusini» yo‘qqa chiqaradi

Foto: globallookpress.com

AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton mamlakatning amaldagi rahbari Donald Trampning «Kelayotgan bolalar uchun qoldirilgan harakatlar» (DACA) deya ataluvchi dasturni bekor qilish haqidagi qarorini tanqid qildi. Dastur AQShga juda yosh paytida kelgan muhojirlarni deportatsiya qilishdan himoyani nazarda tutardi.

«Eng avvalo, bu noto‘g‘ri, sababi bu yosh yigitlarni, ular hech qachon yashamagan joylarga yuborish shafqatsizlik. Ularning uyi - AQSh», - deya yozdi Klinton Facebook’da.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Oq uyning qarori Amerika orzusini yo‘qqa chiqaradi.

U Qo‘shma Shtatlar kongressini o‘z maqomi hamda Amerika kelajagini darhol himoya qilish uchun harakat qilishga chaqirdi.

Avvalroq Tramp kongressga muhojirlarning deportatsiyasi masalasida 6 oy muhlat bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid