Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huawei smartfonlar sotuvi bo‘yicha Apple'ni ortda qoldirdi
Foto © REUTERS/Eric Gaillard
Counterpoint hisobotiga ko‘ra, Huawei kompaniyasi smartfonlar sotuvi bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib olgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Apple gigantidan o‘zib ketgan. Birinchi o‘rin Samsung tomonidan band etilgan. "Life" shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
Tahlilchilarning ta'kidlashicha, 2017 yilning martidan Huawei kompaniyasi sotuvlari ishonchli o‘sgan. Xaridorlarning "olma" mahsulotiga bo‘lgan qiziqishi esa yanvar oyidan beri pasayib, iyunda ancha past natijalarni qayd etgan. Ekspertlarning fikricha, bunday sukut Apple'ning yangi flagman qurilmasining kutilayotgani bilan bog‘liq.
Tadqiqotda shuningdek bugungi kunda Huawei ba'zi asosiy bozorlariga yetarlicha e'tibor qaratmayotgani haqida so‘z yuritiladi - masalan, Shimoliy Amerika, Janubiy Osiyo mamlakatlari va Hindiston.
Samyye prodavayemyye modeli smartfonov po sostoyaniyu na iyul 2017 goda pic.twitter.com/by6arys6Nb
— VladTwin (@VladimirTwin) September 6, 2017
Mavzuga oid
21:07 / 06.04.2026
Apple buklanadigan iPhone ishlab chiqarishni boshladi
22:08 / 24.03.2026
Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari dizaynini keskin o‘zgartirishi kutilmoqda
15:00 / 13.03.2026
“Huawei MWC Barcelona 2026”da sakkizta GLOMO mukofotini qo‘lga kiritdi
08:34 / 06.03.2026