O‘zbekiston | 18:25 / 06.09.2017
12546
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabalari Germaniyada

Foto: Turin Politexnika Universiteti

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti mana bir necha yillardan beri xalqaro tashkilotlarning turli dasturlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Joriy yilda ham O‘zbekiston CLASS va MAN akademiyasi koordinatori, universitet dekani o‘rinbosari Mansur Sultonov boshchiligi bilan Germaniyadagi hamkor universitetlar va tashkilotlar ko‘magida Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Study Trip 2017" grant loyihasi qo‘lga kiritildi.

4 sentabr kuni universitetning bilimli va iqtidorli, har tomonlama tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 11 nafar talabaci "Study Trip 2017" loyihasida qatnashish uchun Frankfurt shahriga jo‘nab ketishdi. Mazkur loyiha doirasida talabalar dunyoning eng yirik kompaniyalari hisoblanmish Germaniyaning mashhur avtomobil va qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi zavodlari va korxonalari, muzeylari hamda nufuzli universitetlariga tashrif buyurib, seminarlar va ko‘rgazmalarda ishtirok etish, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Foto: Turin Politexnika Universiteti
Foto: Turin Politexnika Universiteti

Ayni kunlarda yurtimiz talabalari ushbu grant loyiha dasturi bo‘yicha Germaniyadagi bir qator korxonalar va universitetlarga tashrif buyurib, mahorat darslari va seminarlarda ishtirok etmoqdalar. Loyiha shu yilning 14 sentabriga qadar davom etadi.

Foto: Turin Politexnika Universiteti
Foto: Turin Politexnika Universiteti
Foto: Turin Politexnika Universiteti
Foto: Turin Politexnika Universiteti
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid