Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:45 / 06.09.2017
5465
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp uch mintaqada «Irma» tufayli favqulodda holat rejimini joriy qildi
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar bilan assotsiatsiya orqali bog‘langan Puerto-Riko, Florida va Virgin orollarida favqulodda holat rejimini joriy qildi. Bu haqda RIA «Novosti» Oq uy bayonotiga asosan xabar bermoqda.
«Favqulodda holatlar bo‘yicha federal agentlikka favqulodda vaziyat oqibatlarini yengillashtirish uchun zarur bo‘lgan uskunalar va resurslarni aniqlash, jalb etish hamda taqdim qilish vakolati berilgan», - deyiladi bayonotda.
Avvalroq Floridada «Irma» tufayli milliy gvardiya safarbar qilingani xabar berilgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish