Fan-texnika | 18:04 / 07.09.2017
6929
2 daqiqa o‘qiladi

Google'ning yangi smartfonlari haqidagi ma'lumotlar paydo bo‘ldi

Foto: androidinsider.ru

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi avlod Pixel smartfonlari haqida ba'zi tafsilotlar paydo bo‘ldi. 9to5Google profil resursi shu haqida ma'lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Pixel 2 smartfoni IP68 darajasidagi suv va changdan muhofazalovchi tizimga ega bo‘ladi hamda Always-on-display ("Doim yoqig‘liq ekran") rejimi mavjudligi bilan maqtana oladi. Shuningdek yangi qurilmalar frontal stereodinamikalar bilan jihozlanadi, ammo 3,5 millimetrli audioo‘ymadan xalos bo‘ladi. 

O‘tgan avloddan farqli o‘laroq, Pixel 2 va Pixel 2 XL asosiy to‘plamida biryo‘la 64 Gb flesh-xotiraga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, yangi Google smartfonlarida yorug‘lik bilan yaxshi jihozlanmagan joylarda ham tasvirga olish imkoniyati paydo bo‘ladi. 

9to5Google'da ta'kidlanishicha, Pixel 2 smartfonini ishlab chiqarish bilan HTC kompaniyasi shug‘ullanadi, Pixel 2 XL modelini esa LG zavodlarida yig‘ish rejalashtirilmoqda. Insayderlar ikki qurilma ham Android 8.1 Oreo operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlashini taxmin qilishmoqda. 

Dastlabki tarqalgan ma'lumotlarga ko‘ra, Pixel 2 smartfoni  4,97 dyuymli Full HD displeyini olishi kerak, to‘ng‘ich model esa 5,99 dyuymli OLED-ekran bilan ta'minlanadi. Shuningdek smartfonlar Qualcomm Snapdragon 836 protsessori bilan jihozlanadi. 

Taniqli insayder Evan Blassning ma'lum qilishicha, qurilmalar 2017 yilning 5 oktabrida namoyish qilinadi. 

Mavzuga oid