Jahon | 13:34 / 07.09.2017
15361
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘izistonda teraktga tayyorgarlik ko‘rgan IShID a'zosi qo‘lga olindi
Qirg‘iziston maxsus xizmatlari IShID terrorchilik guruhining terakt sodir etishga tayyorgarlik ko‘rgan a'zosini qo‘lga oldilar, deb xabar bermoqda «Interfaks» mamlakat Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmatiga asosan.
Matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, 2 sentabr kuni 1998 yilda tug‘ilgan yigit qo‘lga olingan, u davlat tadbirlari vaqtida terakt sodir etishni rejalashtirgan.
Qo‘lga olingan shaxsning yashash joyida o‘tkazilgan tintuv vaqtida portlovchi qurilma qismlari, shuningdek, ekstremistik materiallar topilgan.
Avvalroq Guardian nashri IShID Londonda terakt sodir etish uchun BBC jurnalistini “yollagani” haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
12:00
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
21:08 / 16.10.2024
Rossiya bilan aloqalarni uzish haqidagi talablar adolatsiz – Sadir Japarov
17:49 / 16.10.2024
Qirg‘iziston prezidenti qabristonda yodgorlik o‘rnatishni taqiqlashni tavsiya qildi
20:20 / 12.10.2024