Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada NATOga kirish bo‘yicha referendum o‘tkazilishi mumkin
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, mamlakat NATOga kirish bo‘yicha Harakatlar rejasini hozirdan bajarmoqda. Shuningdek, u alyansga kirish bo‘yicha umumxalq referendumini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishini istisno etmadi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
«Biz a'zolik bo‘yicha Harakatlar rejasi formal tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, biroq, uni bir tomonlama holatda bajarmoqdamiz», - dedi Poroshenko Oliy radadagi chiqishi vaqtida.
Uning ta'kidlashicha, jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovlar ukrainaliklar mamlakatning NATOga kirishiga qarshi emasligini ko‘rsatmoqda.
«Men vaqti kelganida tegishli referendum tashabbusi bilan chiqishimni istisno etmayman, bu Ukraina xalqi xohishini ko‘rsatadi. Barchaga: ham bizning do‘stlarga, ham tajovuzkor qo‘shniga, ham ukrainalik barcha siyosatchilarga... Bu istalgan siyosiy vaziyatda hech birimizga bu kursni taftish qilish hamda ortga qaytishimizga imkon bermaydi», - deya ma'lum qildi Ukraina prezidenti.
Avvalroq Poroshenko Yevropa Ittifoqiga yo‘ldagi to‘siqlarni yengib o‘tishga va'da bergandi.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026