Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WhatsApp yirik kompaniyalar uchun pulli funksiyalarni kiritadi
WhatsApp ishlab chiquvchilari mijozlar bilan muloqot qilish uchun messenjerdan foydalanuvchi yirik korxonalardan to‘lov undirishni rejalashtirishmoqda. TechCrunch shu haqida ma'lum qildi.
Ta'kidlash joizki, bunda yirik kompaniyalarga foydalanuvchilar bilan aloqa qilish uchun yanada qulay imkoniyatlar taqdim etiladi. Masalan, messenjerda aviareyslar vaqti yoki mahsulot yetkazilganiga doir tasdiq bilan bog‘liq xabarlarni yo‘llash imkoni paydo bo‘ladi.
WhatsApp kichik va o‘rta biznes vakillari uchun boshqa maxsus ilova ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. U bepul bo‘ladi, lekin uning imkoniyatlari haqida hozircha ma'lumot yo‘q.
Kompaniya blogida izoh berilishicha, bunday yangi funksiyalar kiritilishiga sabab - bugungi kunda kompaniyalar va mijozlarning WhatsApp orqali muloqoti "mukammal emasligi"da.
2009 yilda asos solingan WhatsApp mobil messenjeri internet orqali matnli xabarlarni yo‘llash imkonini beradi. 2014 yilda Facebook kompaniyasi 19 milliard dollarga WhatsApp messenjerini sotib olgan.
Mavzuga oid
08:37 / 04.06.2026
Max messendjyeri App Storeʼdan olib tashlandi
11:19 / 20.05.2026
Metroda yurganda masofadan kelib chiqib to‘lov qilish tizimiga o‘tiladi
18:15 / 05.05.2026
O‘zbekistonda Visa-kartani qayerda va qanday ochish mumkin?
15:22 / 26.01.2026