Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Irma" dovuli Kubaga yetdi
Foto: AP
"Irma" dovuli Kubaga yetdi. U Havanadan 200 kilometr masofadan o‘tdi, biroq poytaxtda kuchli shamol bo‘lib, sel quydi, buning natijasida bir necha tumanni suv bosdi.
Havana aeroporti yopildi, reyslar bekor qilindi. Qator hududlarda elektr ta'minoti va telefon aloqasida uzilishlar qayd etilmoqda.
Hammadan ko‘p Kamaguey va Sego-de-Avila provinsiyalari jabr ko‘rgan, bu yerda dovul daraxtlar va uylar tomini qulatgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar yo‘q.
Dovul tahdidi Florida hukumatini eng yangi tarixdagi eng yirik aholi evakuatsiyasi operatsiyasini amalga oshirishga majbur qildi: Floridaning 72 mingdan ziyod aholisi 390 vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilgan. Umumiy hisobda 6,3 million kishi evakuatsiya qilinishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
14:50 / 12.01.2026
Tramp Kubaga tahdid qildi
19:58 / 05.01.2026
Maduroni qo‘lga olish chog‘ida o‘nlab kubaliklar ham halok bo‘lgan. Bu haqda nimalar ma’lum?
14:40 / 01.11.2025
Karibda inqiroz: «Melissa» dovuli qurbonlar va milliardlab zarar qoldirdi
09:35 / 29.10.2025