"Irma" dovuli Kubaga yetdi. U Havanadan 200 kilometr masofadan ötdi, biroq poytaxtda kuçli şamol bölib, sel quydi, buning natijasida bir neça tumanni suv bosdi. 

Havana aeroporti yopildi, reyslar bekor qilindi. Qator hududlarda elektr ta'minoti va telefon aloqasida uzilişlar qayd etilmoqda. 

Hammadan köp Kamaguey va Sego-de-Avila provinsiyalari jabr körgan, bu yerda dovul daraxtlar va uylar tomini qulatgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, halok bölganlar yöq.

Dovul tahdidi Florida hukumatini eng yangi tarixdagi eng yirik aholi evakuatsiyasi operatsiyasini amalga oşirişga majbur qildi: Floridaning 72 mingdan ziyod aholisi 390 vaqtinçalik boşpanalarga joylaştirilgan. Umumiy hisobda 6,3 million kişi evakuatsiya qilinişi rejalaştirilgan.