Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Meksikaga yordam taklif qildi
Foto: AP
BMT Meksikada ro‘y bergan juda kuchli zilzila oqibatlarini bartaraf etishda bu davlat hukumatiga yordam taklif qildi. Bu haqda BMT bosh kotibi rasmiy vakili Stefan Dyujarrikning tashkilot saytida e'lon qilingan bayonotida aytiladi.
«BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh zilzila sabab Oaxaka, Chyapas va Tabasko viloyatlarida insonlar qurbon bo‘lgani va yirik vayronagarchiliklar yuz berganidan chuqur qayg‘uda», - deyiladi bayonotda.
Dyujarrikning qo‘shimcha qilishicha, BMT Meksika hukumati iltimos bilan chiqsa, yordam berishga tayyordir.
Avvalroq Meksikada zilzila tufayli 61 kishi halok bo‘lgani, 1,1 mingdan ortiq maktab jiddiy zarar ko‘rgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:13 / 22.04.2026
2025 yilda qariyb 8 ming noqonuniy migrant halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi – BMT
19:36 / 21.04.2026
BMT bosh kotibligiga 4 nomzod: ular kim va qanday saylanadi?
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
21:35 / 20.04.2026