Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari 7 yarim yilga qamaldi
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Nortoy Dutbayev 7 yarim yilga ozodlikdan mahrum etildi. U davlat sirini oshkor etishda ayblangan, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Sud hukmiga ko‘ra, Dutbayev Qozog‘iston Respublikasi JKning 172-moddasiga muvofiq davlat sirlarini oshkor etish, xizmat vakolatlarini suiiste'mol qilishda (QR JKning 451-moddasi) aybdor deb topildi, hamda unga 7 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. U davlat xizmatida lavozimni egallash huquqidan umrbod mahrum qilindi», - deyiladi xabarda.
Qozog‘istonda 2016 yilda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi bir qator yuqori mansabli amaldorlarga nisbatan sudga qadar tergovni boshlagandi.
General-leytenant Nortoy Dutbayev Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari lavozimini 2001 yilning dekabridan 2006 yilning fevraliga qadar egallagan.
Mavzuga oid
09:10 / 19.05.2026
Lift xavfsizligini baholash tizimi uchun yangi tartib joriy etilmoqda
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
10:51 / 02.03.2026
Iordaniya va Bahraynda bo‘lgan fuqarolarga xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar berildi
16:37 / 11.02.2026