Jahon | 22:17 / 11.09.2017
20352
1 daqiqa o‘qiladi

Shotlandiyadagi bolalar uyi binosi ostida bolalar suyaklari aniqlandi

Foto: metro.news

Shotlandiyada Smyllum Park bolalar uyi yaqinida 400 dan ko‘proq bola ko‘milgan ommaviy qabr aniqlandi. Bu haqda  The Guardian nashri xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, ushbu bolalar uyi 1864 yildan 1981 yilgacha ishlagan. Bu vaqt ichida muassasadan 11 ming bola o‘tgan. 2004 yilda bu yerda tarbiyalanuvchilar bilan beshafqat munosabatda bo‘lingani aniqlangan.

Arxiv ma'lumotlariga ko‘ra, bolalar uyidagi ko‘pchilik bolalar tabiiy sabablarga ko‘ra, jumladan sil kabi kasalliklardan vafot etganlar.

Ayni vaqtda politsiya bolalar bilan beshafqat munosabatda bo‘lish holati bo‘yicha tergov boshladi. Avval bolalar uyiga egalik qilgan "Rahm-shafqat opa-singillari” deb ataluvchi tashkilotda ushbu holat yuzasidan ko‘rsatmalar berildi va tergov bilan hamkorlik qilishga va'da berildi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid