Jahon | 08:05 / 11.09.2017
6272
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada 20 yil ichidagi eng yirik harbiy mashqlar boshlandi

Foto: RIA «Novosti»

Shvetsiyada so‘nggi 20 yil davomidagi eng yirik harbiy mashqlar - Aurora 2017 start olmoqda, deya xabar berdi mamlakat mudofaa vazirligi.

Mashqlar 11-29 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Harbiy xizmatchilar dengizda, yerda va havoda harakatlanish bo‘yicha shug‘ullanishadi.

«Aurora 2017 qurolli kuchlar uchun so‘nggi 20 yil ichidagi birinchi va eng yirik milliy mashqqa aylanadi», - deyiladi xabarda.

Mamlakat hukumati bunday mashqlarning o‘tkazilishiga «xalqaro vaziyat kuchli o‘zgargani» sabab bo‘lganini ma'lum qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid