Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada Yevropadagi eng yirik sohil elektr stansiyasi barpo etiladi
Buyuk Britaniya birlashgan qirolligining Uels grafligi sohillarida to‘lqinlar vositasida harakatlanadigan turbinalar o‘rnatilgan beton devor barpo etiladi.
Tidal Lagoon Power kompaniyasi Uelsning Kardiff shahrida quvvati 320 mVt bo‘lgan sohil elektr stansiyasini barpo etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bugungi kunda Yevropadagi eng kuchli SESning quvvati 300 mVtga ham yetmaydi, deb yozadi Bloomberg New Energy Finance.
Yangi SES uchun uzunligi 9,5 km bo‘lgan beton devor qurish talab etiladi. Unga har biri 20 mVt bo‘lgan 16 ta turbina o‘rnatiladi. Ular yiliga 550 mln kVt*soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Shu bilan u Lya Ransdagi shunday stansiya ko‘rsatkichini ortda qoldirib, Yevropaning eng yirik sohil elektr stansiyasiga aylanadi.
Albatta, loyiha 1,3 mlrd funt sterling qiymati tufayli jiddiy tanqid qilinmoqda. Bu odatdagi AES tannarxi hisoblanadi. Ammo soha ekspertlariga ko‘ra, Britaniya yirik SES yoki GES qurish tajribasiga ega bo‘lmagani bois, uning qimmat bo‘lishi shubhasiz.
So‘nggi yillarda Buyuk Britaniya issiqlik elektr stansiyalaridan faollik bilan voz kechmoqda. Xususan, 2015–2016 yillarda ko‘mir qazib olishni to‘xtatdi va ko‘mirda ishlaydigan IESlarni ham yopdi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026