Jamiyat | 23:29 / 12.09.2017
10434
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Urush faxriylari Haj safaridan qaytishdi

Foto: KUN.UZ

9 sentabr kuni Haj safariga jo‘nab ketgan urush faxriylarining bir guruhi O‘zbekistonga qaytib keldi. Bu haqda KUN.UZ’ga Farg‘ona viloyati bosh imom xatibi Tursuntohir Erbo‘tayev xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlaridan bo‘lgan 60 nafar hojilar Namangan xalqaro aeroportida kutib olindi. Ularning orasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ham bor. 

Faxriylar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan muqaddas Haj safariga bepul yuborildi. 

Muqaddas safardan qaytib kelgan yurtdoshlarimiz, jumladan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari yaratilgan sharoitlardan minnatdor bo‘lganliklarini izhor etdilar.

Eslatib o‘tamiz, 8—24 sentabr kunlari o‘zbekistonlik hojilarni «O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyotlarida Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Namangan hamda Urganchga olib kelish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid