Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi Rossiya va AQSh o‘rtasidagi nizo haqida gapirdi
Rossiya va AQSh o‘rtasidagi nizo jahon hamjamiyatiga kerak emas. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh ma'lum qildi.
«Jahon AQSh va Rossiya kabi katta, kuchli hamda muhim mamlakatlar o‘zaro nizoga kirishishlariga yo‘l qo‘yishi kerak emas», - deya Guterreshning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda Moskva hamda Vashington o‘rtasidagi munosabatlar «murakkab» bo‘lib, ko‘plab muammolarga ega.
«Biroq, men shunga ishonamanki, jahondagi tinchlik va xavfsizlik ko‘p jihatdan shu ikki davlat imkoniyatlariga bog‘liqdir, ular o‘zaro samarali muloqotda bo‘lishi va hamda qator sohalarda o‘zaro tushunishga erishishi kerak», - deya aniqlik kiritdi BMT bosh kotibi.
Avvalroq Buzzfeed portali Putin Trampga munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha taklif bilan chiqqani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
23:04 / 27.04.2026
«Hokimiyat - bu og‘ir mehnat» – Putin Soljyenitsinning so‘zlarini eslatdi
22:54 / 27.04.2026
Aroqchi Putinga AQSh bilan muzokaralarga nima to‘sqinlik qilayotganini aytdi
17:40 / 27.04.2026
“Rossiya jamiyatida urushga nisbatan charchoq ortib boryapti” - siyosatshunos
08:51 / 27.04.2026