Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Transaero» aviakompaniyasi bankrot deya e'lon qilindi
Foto: TASS
Sankt-Peterburg va Leningrad arbitraj sudi «Transaero» aviakompaniyasini bankrot deya e'lon qildi. TASS agentligi shu haqida xabar berdi.
Sud qaroriga muvofiq, 2017 yilning 13 sentabrida «Transaero»da yarim yillik muddat bilan bankrotlikka oid ish yuritish tartibi ochildi. Kreditorlar talablari 329 milliard rublni tashkil qilmoqda, deya xabar berdi yig‘ilishda boshqaruvchi vakili. U shuningdek kompaniya faoliyati tahlil qilinganda «Transaero»dagi moliyaviy muammolar 2012 yilda boshlangani ma'lum bo‘lganini aytgan. Bundan tashqari, qasddan bankrotlik belgilari aniqlandi, qo‘shimcha qildi boshqaruvchi vakili.
"Qasddan bankrotlik belgilari mavjud, ko‘rsatkichlar 2012 yildan past bo‘lgan, qarzdorning moliyaviy ahvoli yomonlashgan, buxgalteriya hisoboti buzib ko‘rsatilgan, aktivlarni qayta baholash holatlari qayd etilgan.
2012 yildan qarzdorni moliyalashtirish kredit-pul mablag‘lari hisobiga olib borilgan, bankrotlik haqidagi bayonot bilan chiqish kerak bo‘lgan".
«Transaero»ning bankrotligi to‘g‘risidagi qaror 2015 yilning oktabrida bosh vazir Dmitriy Medvedev boshchiligidagi yig‘ilishda qabul qilingan. 2015 yilning dekabrida Arbitraj sudi kompaniyada aviatashuvchi kreditorlaridan biri «Sberbank»ning da'vo ishi bo‘yicha kuzatuv jarayonini yo‘lga qo‘ygan. Sud «Transaero»ning qarzini 260 milliard rublga baholagan.
Mavzuga oid
14:04 / 20.02.2026
Sud qarorlari ijrosini to‘xtatish tartibi qat’iylashtirilishi mumkin
21:19 / 13.02.2026
Li 9 va BYD to‘qnashuvi: Toshkent sudlari yana shov-shuvli ish markazida
19:37 / 07.02.2026
Farg‘onada nohaq ayblanib qamalgan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi
21:06 / 29.01.2026