Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya bosh vaziri Myanmadagi voqealarni genotsid deb atadi
Malayziya bosh vaziri Najib Razzoq Myanmadagi rohingya musulmonlari bilan bog‘liq vaziyatni “genotsid va etnik tozalash” deb atadi. Channel NewsAsia telekanalining xabar berishicha, hukumat rahbari bu haqda Vashingtondagi strategik va xalqaro tadqiqotlar Markazidagi nutqi davomida ma'lum qilgan.
"Ularga qarshi sodir etilayotgan vahshiyona jinoyatlarni genotsid yoki etnik tozalash, deb atash mumkin", - deya ta'kidlab o‘tdi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, "jahon hamjamiyati u yerda yuz berayotgan hodisalarga e'tiborsizlik bilan munosabatda bo‘lishi mumkin emas".
Bosh vazirning aytishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan rohingya musulmonlari muammosini muhokama qilgan. Tramp, Najibning aniqlik kiritishicha, "Malayziya hukumati tashvishiga sherik bo‘lgan". "Albatta, men Amerika hukumati aynan nima qilishi mumkinligini ayta olmayman, biroq Vashingtonda Myanmada istiqomat qiluvchilarga gumanitar yordam ko‘rsatish borasida aniq pozitsiya bor", - deya ta'kidlab o‘tgan bosh vazir.
Avvalroq Malayziya hukumati vakili Myanmadan jahon hamjamiyati e'tiroziga quloq tutishni talab qilgandi.
Mavzuga oid
21:08 / 09.06.2026
Dunyoda mojarolar soni Ikkinchi jahon urushidan beri eng yuqori darajaga ko‘tarildi - tadqiqot
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026
Malayziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqladi
08:18 / 05.05.2026