Malayziya boş vaziri örinbosari Ahmad Zohid Homidiy Myanma rasmiylaridan Janubi-şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) tomonidan bildirilgan e'tirozlarga befarq bölmaslikni talab qilmoqda. Şuningdek, butun dunyo hamjamiyatining etnik kamçilikni taşkil qiluvçi rohingyalar inqiroziga bildirgan munosabati inobatga olinişi şart, deb hisoblaydi u. Bu haqda New Straits Times naşri xabar tarqatdi.

«ASEAN e'tiroziga quloq tutişlari lozim, atrofga boqing: insoniyat hayvoniy xislatlari bilan bir-birini qirib yubormoqda, axir», deb ta'kidlagan u.

Bundan taşqari, mamlakat Davlat maslahatçisi hamda Taşqi işlar vaziri, de fakto Myanma rahbari Aun San Suning harakatsizligi, zimdan aksilharakat bilan iş tutişi, uning Myanmada inson qadriyatlari va demokratik tamoyillarni himoya qiliş uçun olib borgan kuraşlarini şubha ostida qoldirmoqda.

Malayziya hukumati rasmiy vakilining fikriça, rohingyalar huquqi diniy yoki etnik belgisiga köra poymol etilişiga yöl qöyiş mumkin emas. Parlament saylagan, harbiy diktaturaga aloqasi yöq mamlakat prezidenti Txina Çjo esa rasmiy bayonot bilan mediada körinmayapti.