Jahon | 18:37 / 14.09.2017
7302
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada noma'lum shaxs poyezdni "olib qochdi"

Foto: standardrepublic.com

Polshaning Legonovo shahrida poyezdni "olib qochgan" 35 yoshli erkak ushlandi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar tarqatgan.

Hodisa bugun soat taxminan 04.00 (Toshkent vaqti bilan 07.00)larda mahalliy vokzalda yuz bergan. Jinoyatchi poyezd kabinasiga bostirib kirgan, hamda o‘ldirish bilan tahdid qilib, mashinistni harakatni boshlash va 23 vagondan iborat poyezdni to‘xtatmaslikka majburlagan. Bekatlardan birida poyezd to‘xtatildi, jinoyatchi esa ushlandi.

U qo‘lga olingach, shifoxonaga olib ketildi hamda alkogol va giyohvand moddalarga tekshiruvdan o‘tkazildi. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmadi. Hozirgi paytda hodisa tafsilotlari oydinlashtirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid