Jahon | 17:51 / 14.09.2017
6327
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prezidenti mamlakatda yadro qurolini joylashtirishga qarshi 

Foto: TASS

Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In mamlakatda KXDR tahdidi tufayli yadro qurolini joylashtirishga qarshi chiqdi. U bu haqda CNN telekompaniyasiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

"Men Janubiy Koreya o‘z yadro quroliga ega bo‘lishi yoki KXDR tahdidi tufayli taktik yadro qurolini joylashtirishi kerak, degan fikrlarga qo‘shilmayman", - deya Janubiy Koreya prezidentining so‘zlarini keltiradi CNN. Uning fikricha, bu “Shimoli-Sharqiy Osiyoda yadro quroli bo‘yicha poygaga olib keladi”.

Telekompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, davlat rahbari Janubiy Koreya KXDR harakatlari fonida “o‘zining harbiy salohiyatini rivojlantirishi” kerakligini ta'kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Mun Chje Inning ma'lum qilishicha, qo‘shni davlat noto‘g‘ri tanlovni amalga oshirayotganligi tufayli tashvishda.

"KXDR juda noto‘g‘ri qarorlarni qabul qilishda davom etmoqda, hamda men buni kuzatayotganimdan juda qayg‘udaman, - deya Munning so‘zlarini keltiradi telekompaniya. – Shimoliy Koreyaning bunday tanlovi nafaqat KXDR yoki Koreyalar o‘rtasidagi munosabatlarga yordam bermaydi, balki butun jahonga tahdid uyg‘otadi".

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid