Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:38 / 15.09.2017
10470
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp noyabr oyida Osiyodagi qator davlatlarga tashrif buyuradi
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, noyabr oyida Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyaga amaliy tashrif bilan borishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Shuningdek, Trampning ta'kidlashicha, 10 va 11 noyabr kunlari Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi davlatlari yetakchilarining sammiti bo‘lib o‘tadigan Vetnamga ham borishi mumkin.
Bundan tashqari, Tramp Filippinga tashrif buyurishi mumkinligini istisno etmadi.
Avvalroq Bloomberg agentligi Tramp kuz oxiriga qadar Xitoyga tashrif buyurishi haqida xabar tarqatgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish