Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkongda erkak “Tiriklayin ko‘milganlar” deb nomlangan attraksionda vafot etdi
Foto: RIA "Novosti"
Hongkongdagi Ocean Park ko‘ngilochar bog‘idagi “Tiriklayin ko‘milganlar” deb nomlangan attraksion unga 21 yoshli yigit tashrif buyurgandan keyin hayotdan ko‘z yumgani sababli yopib qo‘yildi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar bermoqda.
Voqea 16 sentabrda yuz bergan. Bog‘ rahbarining aytishicha, Cheng familiyali yigit attraksiondagi “arvohlar uyiga” kirgandan 5 minut o‘tib hushini yo‘qotgan. Bog‘ning yana bir vakilining aytishicha, yigitning jasadi attraksion ortidagi bog‘ xodimlari uchun mo‘ljallangan xonada aniqlangan. Taxmin qilinishicha, u bu yerga tasodifan kirib qolgan.
Yigitning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilinmagan. Politsiya tergov olib bormoqda. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, yigit Swire Group kompaniyasining xodimi hisoblanib, bog‘da xodimlar uchun tashkillashtirilgan korporativ tadbirda bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:01
Andijonda attraksion quladi: kamida 7 kishi jarohatlangan
07:40 / 25.03.2026
Dunyoda eng ko‘p milliarderlar tug‘ilgan shaharlar ma’lum qilindi
20:55 / 09.02.2026
Hongkongda media magnat Jimmi Lay 20 yilga qamaldi
12:53 / 01.12.2025