Jamiyat | 18:56 / 18.09.2017
12912
2 daqiqa o‘qiladi

Yoshlar ittifoqi shahrixonlik Umidaxonga orzusidagi sovg‘ani hadya qildi

Foto: KUN.UZ

Bir oy avval O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining “Yoshlar poyezdi”  ishtirokchilari Shahrixon tumanida bo‘lib, yoshlarni o‘ylantirayotgan muammolar to‘g‘risida ochiq muloqot olib borgan edi. 

Ushbu tadbirda o‘z muammosini aytgan imkoniyati cheklangan qizaloq Umidaxon Ergasheva “O‘zbekiston” mahallasida yashaydi. Qalbi umidlarga to‘la Umidaxon uchrashuvda o‘zi mashq qilgan she'rlaridan o‘qib berib, yig‘ilganlarning olqishini olgan edi. “Yoshlar poyezdi” ishtirokchilari tomonidan berilgan: “Nima muammoingiz bor?” degan savolga u : “Dutor chalishni o‘rganishni juda xohlardim, lekin dutorim yo‘q” deb javob bergan.

Shahrixon tuman Yoshlar ittifoqi Kengashi jajji qizaloqqa dutor hamda kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi. 

- Umidaxon zehnli va iqtidorli, hozirdan she'rlar yozadi,- deydi tuman yoshlari yetakchisi Shukurbek O‘ktamov. – Uning mashqlarini tuman gazetasida ham e'lon qilishga ham yordam beryapmiz.
       
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid