Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonunbuzar bankirlar jazoga tortildi
Ma'lumki, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida tijorat banklarining o‘rni beqiyos. Ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish yoki savdo tarmog‘i bo‘ladimi, barchasining faoliyati bevosita banklar bilan bog‘liq. Ammo, ba'zi bank xodimlarining o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan qarash holatlari hamon uchrab turibdi.
“Huquq” gazetasining yozishicha, SVOJJDLQK departamentining Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda Sardoba tumanidagi tijorat banklaridan birining mansabdor shaxslari Komil Berdiyev va Ahror Hotamov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) o‘z mansab vakolatlariga tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi inkassa topshiriqnomalari ijrosini belgilangan muddatda bajarmaganlar. Buning oqibatida bank mijozlari hisoblangan tumandagi bir qator xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarda byudjyet va byudjyetdan tashqari to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar o‘z vaqtida maqsadli yo‘naltirilmagan. Mansabdor shaxslarning loqaydliklari tufayli mazkur tashkilotlarga nisbatan jami 381 mln. 391 ming so‘m penya hisoblanib, ularga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lishgan.
Sud tomonidan qonunbuzarlarga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.
Mavzuga oid
22:59
“Eng avvalo kuyov aybdor”: Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida
19:28 / 01.05.2026
Sirdaryoda qotillikda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi
14:14 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan qo‘lga olindi
20:00 / 14.03.2026