Jamiyat | 09:03 / 19.09.2017
12435
1 daqiqa o‘qiladi
«Mariya» dovulining kuchi eng yuqori xavf toifasiga yetdi
Atlantika okeanida paydo bo‘lgan navbatdagi «Mariya» dovuli kuchi bo‘yicha 5 toifadagi to‘fon ko‘rsatkichiga yetdi. Bu haqda AQSh Milliy dovul markazi o‘z Twitter sahifasida ma'lum qildi.
Xabarda aytilishicha, shamol tezligi soatiga 260 kilometrni tashkil etmoqda.
Avval xabar berilganidek, AQSh «Mariya» dovuliga 4 toifani bergan edi. Taxminlarga ko‘ra, dovul Karib dengizidagi orollarga tahdid solishi mumkin. Hafta o‘rtalariga kelib, u Virjin orollari va Puerto-Rikoga yetib keladi.
Mavzuga oid
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
20:51 / 03.11.2024
Ispaniya qiroli va qirolichasi Valensiyada loybo‘ron qilindi
23:37 / 02.11.2024
Finlyandiyada tarixda birinchi marta dovul kuzatildi
23:04 / 08.10.2024