Jahon | 20:27 / 19.09.2017
13057
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp: "Raketa-inson" o‘zi va o‘z rejimi uchun "suiqasd" missiyasini amalga oshirmoqda

Foto: AFP 2017 / Timothy A. Clary

Shimoliy Koreya AQShga tahdid qilgan taqdirda, AQShning KXDRni yo‘q qilishdan boshqa chorasi qolmaydi, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp BMT minbaridan turib. 

"AQSh sabrli, AQSh kuchli, lekin agar bizni yoki ittifoqdoshlarimizni himoyalanishga majbur qilishsa, Shimoliy Koreyani butkul ko‘kka sovurishdan boshqa yo‘limiz qolmaydi. "Raketa-inson" (Kim Chen In) o‘zi va o‘z rejimi uchun "suiqasd" missiyasini bajarmoqda. AQSh (KXDRni yo‘q qilishga) tayyor va qodir, biroq bunga hojat yo‘qligiga umid qilmoqda", - dedi Amerika prezidenti.

Tramp KXDR qanday yo‘l tutishini kutishni taklif qildi. "KXDRning denuklearizatsiya — ularning yagona kelajagi ekanini anglashdan boshqa yo‘li yo‘qligini tushunib yetadigan vaqti keldi", - dedi u. 

Tramp BMT Xavfsizlik Kengashi yaqinda KXDR bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilganini ta'kidlab o‘tdi. "Men Xitoy va Rossiyaga sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Barchangizga rahmat. Shunday bo‘lsa-da, yana qiladigan ishlarimiz ko‘p. "Kim rejimi"ni mag‘lub qilish uchun barcha mamlakatlarning birgalikda ishlaydigan vaqti keldi", - qo‘shimcha qildi Amerika yetakchisi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid