Jamiyat | 10:52 / 20.09.2017
35577
3 daqiqa o‘qiladi

Yadro urushining oldini olgan inson vafot etdi

Sovetlar Ittifoqi armiyasi podpolkovnigi, 1983 yilda yadro urushining oldini olgan Stanislav Petrov 2017 yilning may oyida hayotdan ko‘z yumdi. Bu ma'lumotni «Zvezda» telekanaliga uning o‘g‘li tasdiqlagan. «Ha, men tasdiqlayman, u mayda vafot etdi», - dedi Dmitriy Petrov.

«Sovuq urush»ning eng asosiy qahramonlaridan biri bo‘lgan 77 yoshli Petrov vafot etgani haqida Germaniyaning WAZ gazetasi 14 sentabr kuni yozdi. Keyinchalik, 18 sentabr kuni Amerikaning The New York Times gazetasi ham maqola e'lon qildi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Petrov 19 may kuni Moskva viloyatining Fryazinosidagi o‘z uyida zotiljam kasalligi tufayli hayotdan ko‘z yumgan.

1983 yilda podpolkovnik Petrov, ogohlantirish tizimi AQSh hujum qilgani haqida xabar berganida, markazga bu haqda aytmaslikka qaror qilib, bu texnik xatolik ekanini taxmin qilgan. Uning taxmini to‘g‘ri bo‘lib chiqdi, hamda aksariyatning fikricha, Petrov shu tariqa yadro urushining oldini olgan. Surishtiruv ishlarida aniqlanishicha, datchiklar bulutdan aks etgan quyosh nurlarini Amerika raketasining uchirilishi, deb qabul qilgan.

2014 yilda 1983 yilgi hodisalarga bag‘ishlangan film ekranlarga chiqdi. Kartina daniyalik rejissyor Piter Entoni tomonidan suratga olingan bo‘lib, «Olamni qutqargan inson» deb nomlandi hamda unda podpolkovnik o‘zining rolini o‘ynab bergan. Shuningdek, filmda Kevin Kostner, Robert De Niro, Mett Deymon, Eshton Katcher, Nataliya Vdovina va Sergey Shnirev rol ijro etgan.

Foto: Statement Film

 «Olamni qutqargan inson» (2014) filmiga posterdan lavha

Foto: Statement Film

«Olamni qutqargan inson» (2014) filmidan kadr 

Foto: AP

Stanislav Petrov Fryazinodagi kvartirasida, 2015 yil 

Foto: Reuters

 Stanislav Petrov Baden Badendagi German media award marosimida, 2012 yil

Foto: AP

Stanislav Petrov Fryazinodagi kvartirasida, 2015 yil 

Foto: Global Look Press

Stanislav Petrov Baden Badendagi German media award marosimida, 2012 yil

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid