AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) çorşanba kuni Qöşma Ştatlar razvedkasi tomonidan Sovetlar Ittifoqi tomonidan birinçi sun'iy yöldoşning uçirilişi va sovetlarning fazoviy hamda ballistik dasturlari yaratilişi böyiça tahlillarni öz içiga olgan maxfiy hujjatlarni e'lon qildi.

"Avval MRB saytida e'lon qilinmagan hujjatlar 50—60-yillar davriga töğri keladi. Hujjatlar ma'lumot erkinligi töğrisidagi Qonun böyiça talab etiluvçi qöşimça xizmat eslatmalari va hisobotlariga ega. 400 sahifadan iborat 59 ta hujjat töplami Markaziy razvedka boşqarmasi razvedkasining Yöldoş-1, 2 va 3, şuningdek, sovetlarning ballistik dasturiga nisbatan tahlilidan iborat. Ma'lumotlarning yarmidan köpi Sovetlar Ittifoqi fazoviy va ballistik dasturlari boşlanğiç bosqiçda qanday bölganligidan darak beradi”, - deyiladi e'lon qilingan hujjatlarga qoldirilgan izohda.

Ular orasida Markaziy razvedka boşqarmasining eslatma va hujjatlari bölib, ular AQŞ ma'muriyatiga Sovetlar Ittifoqining fazoviy hamda raketa dasturlari böyiça taqdim etilgan.

Mahkama tomonidan e'lon qilingan hujjatlarning nusxasi sifati ularning köpçiligini öqiş imkonini bermaydi. Matnning bir qismi hamon maxfiyligiça qolmoqda. Biroq, şunisi aniqki, birinçi sun'iy yöldoşning uçirilişi Qöşma Ştatlar uçun kutilmagan holat bölmagan. "Bizning fikrça, Sovetlar Ittifoqi 1957 yilning boşida Yer orbitasiga sun'iy yöldoş uçiriş imkoniyatiga ega, u ilmiy ma'lumot va çeklangan harbiylar foydalanişi mumkin bölgan ma'lumotlarni yiğadi", - deyiladi 1957 yilning yanvarida Milliy xavfsizlik böyiça kengaş yiğilişida taqdim etilgan hisobotda.

Öşa yilning iyun oyidagi Markaziy razvedka boşqarmasi hisobotida ta'kidlanişiça, "muvaffaqiyatsiz parvoz ehtimoli 50 foizga teng ekani hisobga olinsa, Sovetlar Ittifoqi bu haqda, u amalga oşirilganidan söng ma'lum qilişi mumkin".

Yerning birinçi sun'iy yöldoşi - OS-1 ("Eng oddiy sun'iy yöldoş-1") 1957 yil 4 oktabrda uçirilgan. Bu diametri 58 santimetr bölgan, 83,6 kilogramm oğirlikdagi, törtta antenna va batareya orqali işlaydigan uzatgiç bilan jihozlangan öziga xos şar bölgan. Fazoviy qurilma 1958 yilning 4 yanvariga qadar 92 kun davomida muvaffaqiyatli parvoz qilgan.