Rossiya mudofaa vazirligi Karib inqirozining juda keskin paytida Sovetlar Ittifoqi Kubada qança yöqotişga uçragani haqidagi rasmiy ma'lumotlarni taqdim etdi. Ma'lumotlar harbiy mahkama saytida joylaştirilgan.
Vazirlikdan ma'lum qilişlariça, ma'lumotlar Kubaga Sovetlar Ittifoqining «Anadir» maxfiy amaliyoti doirasida ballistik raketalar yetkazib berilgan kunga 55 yil tölişi munosabati bilan oşkor etildi.
«Amaliyot davomida sovetlar harbiy xizmatçilari örtasidagi yöqotişlarning aniq soni e'lon qilinmagan. Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga köra, 1962 yilning 1 avgustidan 1964 yilning 16 avgustiga qadar Kubada Sovetlar Ittifoqining 64 nafar fuqarosi halok bölgan», - deyiladi xabarda.
Mahkamadan aniqlik kiritişlariça, amaliyot Turkiya va Italiyada Amerika raketalarining joylaştirilişi, şuningdek, «Amerikaning Kubaga harbiy yöl bilan bostirib kirişi tahdidiga javob çorasi» bölgan.
Joriy yilning iyunida Sovetlar Ittifoqi Hitler uruşga tayyorgarlik körayotganini hujumdan uç oy oldin bilgani ma'lum qilingandi.








