Qirğizistonga Sovetlar Ittifoqi vaqtidan respublika hududida qolgan 286 million tonna uran çiqindilari bölgan yerlar holatini tiklaş uçun yordam kerak. Bu haqda mamlakat prezidenti Almazbek Atamboyev payşanba kuni BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasi “maydonida” Markaziy Osiyo davlatlarida uran “merosi” obektlari muammolari böyiça yiğilişda ma'lum qildi.
"Bizning davlatda 286 million tonna uran va boşqa yuqori zaharli çiqindilarga ega 90dan ortiq maxsus yerlar bor. Ular asosan daryolar böyida joylaşgan. Bu joylarda avariyalar yuz beradigan bölsa, daryolarning ifloslanişi keng kölamli ekologik va gumanitar falokatlarga olib kelişi mumkin... Bizga bu muammoni hal qilişda xalqaro hamjamiyat tomonidan ham moliyaviy, ham texnik qöllab-quvvatlov kerak", - dedi Atamboyev.
Uning eslatişiça, Sovetlar Ittifoqidagi birinçi atom bombalari qirğiz uranidan tayyorlangan va "katta davlatlar yangi bombalarni ixtiro qiliş uçun pul sarflamasdan, avvalgi uruşlardan qolgan muammolarni hal etiş uçun mablağ yönaltirişsa yaxşi bölardi".
Prezident ma'lumotlariga köra, uran “merosini” yöq qilişning umumiy qiymati taxminan 210 million yevroni taşkil etadi. Şu bilan birga, taxminan 180 million yevro bunday maxsus joylarni avvalgi holatga qaytariş, şuningdek, ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni tiklaş masalalariga yönaltirilişi lozim. "Bugungi kunda uşbu rejalarda közda tutilgan tadbirlarni amalga oşiriş uçun yetmayotgan mablağ miqdori taxminan 130 million yevroga teng", - dedi u.







