Jahon | 11:50 / 20.09.2017
13769
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikadagi zilzila qurbonlari soni ortmoqda

Foto: AFP

Meksikada 19 sentabr kuni ro‘y bergan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 248 nafarga yetdi. Bu haqda Meksika Milliy avariyaviy-qutqaruv xizmati rahbari Luis Felipe Puente ma'lum qildi.

«Ayni vaqtgacha 248 kishi halok bo‘lgani ma'lum: 72 kishi Morelosda, 117 kishi Mexikoda, 43 kishi Puebleda, 12 kishi Edomekseda, 3 kishi Gerreroda va Oaxakeda bir kishi», — deyilgan Puentening bayonotida.

7,1 balli zilzila seshanba kunining ikkinchi yarmida ro‘y berdi. Eng oxirgi silkinishlar mahalliy vaqt bilan soat 18.14da (Toshkent vaqti bilan soat 23.14da) kuzatildi. Zilziladan Meksika janubidagi hududlar va poytaxt Mexiko jiddiy talofat ko‘rdi.

Qo‘rqinchli Mexiko. Zilzila shaharni vayron qildi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid