Jahon | 17:50 / 20.09.2017
12034
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp KXDRda yadro quroli paydo bo‘lishida Klintonni aybladi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Hillari Klinton Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi bo‘lganida Shimoliy Koreyaga yadro quroli bo‘yicha tadqiqotlar olib borishga imkon berdi va shu tariqa bu davlat shunday qurolni yaratdi. Bu haqda Tramp tvitterda yozgan.

«Hillari davlat kotibi bo‘lgan paytida Shimoliy Koreyaga yadro qurolini tadqiq qilish va yaratishga imkon berganidan so‘ng, yana meni tanqid qilmoqda», - deya yozgan Tramp.

Avvalroq Tramp BMT minbaridan turib "Raketa-inson" o‘zi va o‘z rejimi uchun "suiqasd" missiyasini amalga oshirayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid