Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
S&P 1999 yildan buyon birinchi marta Xitoyning reytingini tushirdi
S&P agentligi Xitoyning suveren kredit reytingini bir pog‘onaga - «AA-»dan «A+»ga - «barqaror» prognoz bilan pasaytirdi. XXR suveren reytingi 1999 yildan beri birinchi marta tushirildi.
S&P’dan ma'lum qilishlaricha, reytingning qayta ko‘rib chiqilishiga «kreditlash hajmlarining uzoq vaqt davomida tezlik bilan o‘sishi Xitoyda iqtisodiy hamda moliyaviy xatarlarni ko‘paytirgani»ga aloqador xavf sabab bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, kreditlashning o‘sishi YaIM va aktivlar qiymati oshishi fonida ro‘y berayotgan bo‘lsa ham, u baribir moliyaviy barqarorlikka tahdid uyg‘otishi mumkin.
S&P – Xitoy reytingini 2017 yilda pasaytirgan ikkinchi xalqaro agentlikka aylandi. Moodyʼs may oyida XXR suveren kredit reytingini 1989 yildan beri ilk marotaba tushirgandi.
Mavzuga oid
20:57
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:55 / 25.06.2026