O‘zbekiston | 20:10 / 22.09.2017
74364
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Paxta kolonnalari ortga qaytmoqda

Paxta terimiga jalb qilingan OTMlar talabalari hamda ta'lim va tibbiyot muassasalari xodimlari 22 sentabrdan dalalardan o‘qish va ish joylariga qaytdi.

21 sentabr kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining 8 avgustdagi bayonnoma qarori ijrosini ta'minlashni talab qilgandi.

«Kun.uz» muxbiri Samarqandda paxta shtabida bo‘lib, uyga qaytishga tayyorlanayotgan talabalarni savolga tutdi. Talabalar savollarga javob qaytarmasdan, uyga oshiqishgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Samarqand shahridagi 7ta oliy o‘quv yurtidan faqat bittasi, Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabalari Paxtachi tumaniga paxta terimi uchun olib chiqilgandi. Ular ikki kun paxta dalalarida bo‘lib ortga qaytmoqda.

23 sentabr kunidan Oliy ta'lim muassasalarida talabalar o‘qishga chiqishadi.

Mavzuga oid