Sport | 09:12 / 23.09.2017
102530
2 daqiqa o‘qiladi

Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangida g‘alaba qozondi

Professional ringda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov uchinchi jangida ham g‘alaba qozondi.

G‘oibnazarov 22 sentabr kuni AQShda meksikalik Viktor Rosas bilan jang o‘tkazdi. Bellashuvda hamyurtimiz ishonchli harakat qilib, g‘alaba qozondi. Toni Zayno hakamlik qilgan jangda Fazliddin G‘oibnazarov Rosasni ochkolar bo‘yicha mag‘lubiyatga uchratdi.

G‘oibnazarovning jangdan so‘ng KUN.UZ nashriga ma'lum qilishicha, jang kutilganidan ancha qiyinroq kechdi.

“Raqibim ancha kuchli edi, menga biroz qiyinchilik tug‘dirdi. Biroq, ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozondim. Jangda meni qo‘llab-quvvatlab turgan barcha yurtdoshlarimizga minnatdorchilik bildiraman”, - dedi bokschi.

Ma'lumot uchun: Rio olimpiadasidagi g‘alabadan so‘ng professional boksga o‘tgan Fazliddin bundan avvalgi ikki jangda Viktor Vaskez va Agustin Maurasni mag‘lubiyatga uchratgandi.

Ba'zi ma'lumotlar ko‘ra, Fazliddin G‘oibnazarovning keyingi jangi joriy yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid