Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya hukumati Kataloniyada referendum o‘tkazilishiga xalaqit bermoqchi
Kataloniya politsiyasi Ispaniya IIVning to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruviga o‘tkazildi. Bunday qaror, El Pais’ning xabar berishicha, Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy boshchiligidagi hukumat tomonidan ushbu mintaqada mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazilishidan sakkiz kun avval qabul qilindi.
Muxtor viloyat politsiyasi IIVning to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruvi ostiga o‘tkazilganidan so‘ng, deya ta'kidlaydi El Pais, Kataloniya hududida jamoat tartibini saqlashga javobgar bo‘lgan barcha tuzilmalar Madridning to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruvi ostida turibdi.
Kataloniya mustaqillik bo‘yicha referendumni 1 oktabrga belgilagan. Ispaniya hukumati uni noqonuniy va konstitutsiyaga zid, deya e'lon qilgan.
Refendumga tayyorgarlik ko‘rganlik uchun muxtoriyatning 10dan ortiq yuqori mansabli amaldorlari qo‘lga olindi, ovoz berish uchun mo‘ljallangan milliondan ortiq byulletenlar olib qo‘yildi.
Mavzuga oid
12:03 / 24.03.2026
Italiyada sud tizimi islohoti referendumda rad etildi
09:30 / 16.03.2026
Ekzitpollar: Qozog‘iston yangi konstitutsiya qabul qilinishini qo‘llab-quvvatladi
00:34 / 16.03.2026
Qozog‘istonda konstitutsiya bo‘yicha referendumda ovoz berish yakunlandi
12:43 / 13.02.2026