Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La-liga. «Atletiko» «Sevilya»ni yengib 2-o‘ringa ko‘tarildi
Ispaniya chempionatining 6-turida «Atletiko» yangi stadionida «Sevilya»ni qabul qildi.
Mezbonlarning ikki hujumchisi Yannik Ferreyra-Karrasko va Antuan Grizmann tomonidan kiritilgan ikki gol madridliklarga muhim uch ochkoni keltirdi. Natijada ketma-ket uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritgan «matraschilar» «Sevilya»ning joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyatiga sababchi bo‘ldi.
«Atletiko» (14 ochko) ushbu g‘alabadan keyin turnir jadvalida «Sevilya»ni (13 ochko) ortda qoldirib ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Ispaniya La-ligasi, 6-tur
Atletiko - Sevilya 2:0 (0:0)
Gollar: Ferreyra Karrasko (46), Grizmann (69).
Mavzuga oid
02:38 / 03.04.2025
Ispaniya kubogi. «Barselona» «Atletiko»ni yarimfinalda qoldirib ketdi. Finalda «El Klasiko» bo‘ladi
14:52 / 10.02.2025
«Atletiko Madrid» O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishga ko‘maklashadi
21:04 / 04.09.2023
«Sevilya» Ramos qaytganini e’lon qildi
12:12 / 17.08.2023