O‘zbekiston | 16:42 / 26.09.2017
14670
4 daqiqa o‘qiladi

27 sentabr kuni O‘zbekistonda o‘zgaruvchan havo kuzatiladi

Foto: KUN.UZ

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 27 sentabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun va ertalab yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esib, ba'zi joylarda sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 10-12, kunduzi 23-25 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘lib, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esib, ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 6-11, kunduzi 15-20 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘lib, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent viloyatida havo bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, kechqurun va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esib, ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 7-12, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, ayrim tumanlarda havo o‘zgarib, yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid