Jahon | 08:39 / 26.09.2017
4301
1 daqiqa o‘qiladi

Efiopiyada elatlararo ixtilof oqibatida yuzlab odamlar halok bo‘lgani ma'lum qilindi

Efiopiya hukumati sentabr boshidan mamlakat janubida davom etayotgan elatlararo to‘qnashuvlarda yuzlab odamlar halok bo‘lganini ma'lum qildi.  

"Biz oromo va somali elatlarining yuzlab vakillari o‘ldirilganini aytishimiz mumkin. Biz qurbonlarning aniq sonini bilmaymiz, bu tergov qilinishi kerak", deb aytgan Efiopiya hukumati vakili Negeri Lencho.

To‘qnashuvlarga elatlar o‘rtasida bahs bo‘lib kelayotgan ekin ekiladigan yerlar sabab bo‘lgan.

Lencho mintaqada qochqinlar masalasi bilan shug‘ullanuvchi favqulodda shtab tashkil etilgani va ixtilofni hal qilish uchun sa'y-harakatlar olib borilayotganini ma'lum qildi. To‘qnashuvlar hududiga federal politsiya bo‘linmalari va harbiylar kiritilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid