Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politsiyaga telefonini ochib berishdan bosh tortgan erkak sudlandi
Foto: AFP
Londondagi Vestminster sudi Cage huquqni himoya qilish guruhi direktorini terrorchilikka qarshi qonunchilikni buzishda aybdor deb topdi. U mobil telefonini ochish uchun maxfiy so‘zni berishdan bosh tortgan, deb xabar bermoqda Telegraph gazetasi.
Muhammad Rabboniy Londonning Hitrou aeroportida 2016 yilning 20 noyabr kuni qo‘lga olingan. Erkak politsiyaga o‘z mobil telefonini ochish uchun maxfiy so‘zni taqdim etishdan bosh tortdi.
Dushanba kuni esa Londondagi Vestminster sudi Rabboniyni qo‘lga olish va terrorizm bilan qonunga muvofiq tintuv o‘tkazishga atayin qarshilik qilishda aybdor deb tan oldi.
Rabboniyning ma'lum qilishicha, uning qurilmasida maxfiy ma'lumot bo‘lib, uni politsiyaga berish “shaxsiy va professional sirlarini” ochib beradi. Uning qo‘shimcha qilishicha, qo‘lga olish davomida undan bu ma'lumotni taqdim etish so‘ralmagan.
Sud Rabboniyni shartli ravishda ozod etdi hamda unga 840 dollar miqdoridagi xarajatlarni to‘lab berish majburiyatini yukladi.
Mavzuga oid
09:31 / 15.12.2025
O‘zbekiston so‘zanasi Britaniya nashriyoti kitobida: yangi loyiha muhokama qilinyapti
18:06 / 25.11.2025
O‘zbekistonlik elektriklar Britaniyaga ishga taklif qilinyapti. Oylik maosh 4400 dollar
16:23 / 15.11.2025
Onaning telefondan ko‘p foydalanishi bolaga qanday ta’sir qiladi?
10:41 / 14.11.2025