Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya qishki Olimpiadaga tayyorgarlikni 97 foizga yakunladi
Janubiy Koreyaning Peongchangida 2018 yilda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish jadval bo‘yicha davom etmoqda. Bu haqda chorshanba kuni Seulda xorijiy muxbirlar bilan uchrashuvda mamlakat madaniyat, sport va turizm vaziri To Chon Xvan ma'lum qildi.
«Olimpiadaga qurilish, infratuzilma, transport va uy-joy bilan bog‘liq barcha tayyorgarlik ishlari oktabr oyida tugallanadi, bu loyihalar 97 foizga amalga oshirib bo‘lindi», - deya ta'kidlab o‘tdi vazir.
Shuningdek, uning xabar berishicha, Seul va Peongchang yaqinida joylashgan Kannin shahri o‘rtasida tezyurar poyezd dekabr oyida ishga tushiriladi. Safar 1 soatu 10 daqiqa davom etadi.
Qishki Olimpiya o‘yinlari Peongchang shahrida kelasi yilning 9-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026