Jahon | 14:40 / 01.10.2017
17461
2 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Kataloniyada tartibsizliklar boshlandi, politsiya kuch ishlatmoqda

Kataloniyadagi mustaqillik referendumi vaqtida saylovchilar va Ispaniya politsiyasi o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi. Huquq-tartibot organlari xodimlari bir necha saylov uchastkalarini yopib qo‘yib, hujjatlar va saylov urnalarini olib ketishga urinishgan. Uchastkalardan birida politsiyachilar ichkariga kirish uchun bino derazalarini sindirishgan.

Kataloniyaliklar politsiyaning yo‘lini to‘sib chiqqan, to‘qnashuv vaqtida bir necha kishi jarohatlandi, ularning aniq soni hozircha ma'lum emas. Ispaniya hukumati politsiyaga «saylov materiallarini olib ketish» ko‘rsatma qilingan, ammo ularning harakatlari kataloniyaliklarga qarshi qaratilmagandi.

Susana Vera/Reuters

AP ma'lumotiga ko‘ra, ispan politsiyasi Barselonada yuzlab katalonlarni saylov uchastkalaridan haydagan, bir necha kishi qo‘lga olingan. Bundan tashqari, ba'zi joylarda politsiyachilar odamlarni haydash uchun rezina o‘qlar uza boshladi.

Susana Vera/Reuters
Emilio Morenatti/AP
Susana Vera/Reuters

Ispaniya Konstitutsiyaviy sudi 20 sentabr kuni mazkur plebissit o‘tkazilishini taqiqlagandi. Ispaniya hukumati bu referendum bekor qilib bo‘lingan, deb hisoblamoqda. Ularning fikricha, mazkur ovoz berish jarayoni «qonunga zid» va «hech qanday xalqaro ko‘makka ega bo‘lmaydi».

Referendum boshlanishiga bir soat vaqt qolganida Kataloniya hukumati fuqarolar saylov uchastkalarida ovoz berishi mumkinligini e'lon qildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid