Jahon | 18:21 / 01.10.2017
6533
1 daqiqa o‘qiladi

Kataloniyadagi to‘qnashuvlar vaqtida jarohatlanganlar soni 337 nafar

Foto: Reuters

Kataloniya hukumati raisi Jordi Turull referendum vaqtida ispan politsiyasi va saylovchilar o‘rtasida boshlanib ketgan to‘qnashuvlar oqibatida jarohatlanganlar soni 337 nafarga yetgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Kataloniya hukumatining rasmiy tvitterida ham yozilgan.

«337 kishi jarohatlangan. Biz jabrlangan kishilar Kataloniya politsiyasiga murojaat qilishini so‘raymiz», — deyilgan xabarda.

Bundan avvalroq Ispaniya IIV Kataloniyadagi referendum vaqtida ro‘y bergan to‘qnashuvlar tufayli o‘nlab politsiyachilar jarohatlangani haqida ma'lumot bergandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid