Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy koreyaliklar AQShni «yonayotgan dengiz»ga aylantirishmoqchi
KXDRning Osiyo-Tinch okeani bo‘yicha qo‘mitasi raisi AQSh prezidenti Donald Trampni qattiq tanqid qildi.
Bayonotda Tramp olib borayotgan siyosat «Amerikani olovli dengizga aylantiradigan harakat va o‘ziga suiqasd qilish akti» deb baholangan.
Bayonotda shuningdek, Trampning shafqatsiz siyosati «cholning ahmoqligi» deya baholangan va bu holat KXDRning armiyasi va xalqini yanada jipslantirishi e'tirof etilgan.
Ayni vaqtda Koreya yarim orolidagi vaziyat tarangligicha qolmoqda. Shimol koreyslari iyul oyida ballistik raketalari sinovini o‘tkazgandi, 29 avgust va 15 sentabr kunlarida yana ikkita raketa uchirildi, bu raketalar Yaponiya hududida quladi. 3 sentabr kuni qit'alararo ucha oluvchi raketa sinovdan o‘tkazilgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
15:55 / 13.02.2026