Jamiyat | 11:18 / 03.10.2017
67794
3 daqiqa o‘qiladi

Fransiyalik turistning 1956 yilgi O‘zbekistonga sayohati (fotolar)

Frantsuz olimi, tarixchisi va Fransiya kommunistik partiyasi a'zosi Jak Dyupake (Jacques Dupâquier) 1950-70-yillarda sobiq ittifoqqa uch marta sayohat qilgan, boshqa joylar bilan bir qatorda 1956 yilda O‘zbekistonga ham kelgan.

Keyinroq Fransiya ijtimoiy fanlar institut direktoriga intervyu bera turib, Jak Dyupake o‘z sayohatini shunday xotirlagan: «Moskvada bir necha kun bo‘lganimizdan keyin Toshkentga — O‘zbekiston poytaxtiga uchdik. Biz 3200 metrdan balandga ko‘tarila olmaydigan eski vintli samolyotlarda parvoz qildik va men nafas yutib soatlab sovet O‘rta Osiyosini tomosha qilib ketdim. Toshkent esa shahar markazida stalincha urfda loyihalangan yagona shoh ko‘chaga ega loydan qurilgan shahar ekan. Oradan 10 yil o‘tib, ularning barchasi vayron bo‘lgan (1966 yilgi zilzila nazarda tutilmoqda). Men shahar bo‘ylab ko‘p sayr qildim, bozorni tomosha qildim, yoping‘ich yopinib olgan ayollarga ko‘zim tushdi, masjidga kirdim, rasmiy shaxslar bilan uchrashdim, ularning har biriga rus kishisi hamrohlik qilar edi. Mendan ham ko‘ra ularni ko‘proq kuzatishayotgandek taassurot uyg‘onardi».

«Moskvadan Toshkentga parvoz qilayotgan chog‘imda illyuminator orqali ko‘plab suratlar oldim. Qandaydir pallada biz konslager uzra parvoz qila boshladik va styuardessa bu yerni suratga olish taqiqlanganini aytdi. So‘ngra u kabinaga qaytdi, men esa suratga olishni davom ettirdim, tarjimon yoki biror kishi menga monelik qilmadi».

Orol dengizi shimolidagi dashtlar

Orol dengizi shimolidagi dashtlar

Markaziy Osiyo cho‘li

Orol dengizi sohillari

Sirdaryoning Orol dengiziga quyilishi

Cho‘l chetida

Toshkent. Umumiy ko‘rinish

Toshkent. Umumiy ko‘rinish

Toshkent. Aerodrom.

Markaziy Osiyo qishloq joyidagi imoratlar

Toshkent yaqinidagi dehqon uyi

Ishdan uyga qaytishmoqda

Toshkent ostonasidagi poyezd

Toshkent yaqinida yashovchi turkman o‘quvchi qizlar

Lyusil va o‘zbek go‘zali

Toshkent bozoridagi cho‘pon boboy

Masjid oldida bola ko‘targan ayol

Stadiondan eski shaharga nigoh

«Paxtakor» stadioni

Hovli ichi

Dam olish uyi

Toshkent ko‘chalaridan biri

Pedagogika institutidan ko‘rinish

Markaziy kanal

Masjid hovlisidagi namoz

Masjid oldida

Stalin nomidagi bog‘lar

Bozor atrofida

Kolxoz bozorida

Toshkent yaqinidagi Stalin nomidagi kolxoz

Toshkent yaqinidagi Stalin nomidagi kolxozda paxtani qoplarga joylash

Stalin nomidagi kolxozning yosh kolxozchilari

Kolxozda uzum quritish

Kolxoz ko‘chasi

Kolxozchi uyi

Kolxozda yashovchi bolalar

Eski shahar ko‘chasi 

Mavzuga oid