Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yagona o‘quvchi formasi joriy etiladi
O‘zbekistonda yangi yildan yagona o‘quvchi formasi joriy etiladi. Bu haqda Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov OAV xodimlari bilan uchrashuv chog‘ida ma'lum qilgan.
«Davlat rahbari ta'kidlaganidek, maktab formasi bir xilda bo‘lishi birinchi navbatda o‘quvchilar o‘rtasidagi tenglikni ta'minlaydi. O‘quvchi bilan talaba kiyimi ham bir-biridan farq qilishi kerak. Forma borasidagi taklifimizni ota-onalar yaxshi qabul qildi. Shu paytga qadar ham maktab o‘quvchilarining o‘z formalari bo‘lgan, biroq turli maktablarda turlicha edi», — dedi Ulug‘bek Inoyatov.
Vazirning aytishicha, ayni vaqtda dizaynerlar bu borada ish olib bormoqda. Kelgusida bu kiyimlar ota-onalar va pedagoglar muhokamasiga qo‘yiladi.
Xalq ta'limi vaziri matbuot xizmati «Kun.uz»ga ma'lum qilishicha, «O‘zbekengilsanoat» AJ mutaxassislari tomonidan milliy mentalitetimizdan kelib chiqqan holda o‘quvchi formasining 7-8 xil turi tayyorlanmoqda.
Mavzuga oid
19:22 / 28.08.2024
“Poytaxtda 85 foiz obektlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning kirib-chiqishi uchun qulay emas” – Ulug‘bek Inoyatov
11:19 / 09.07.2023
O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning 3 nafari saylovda ovoz berdi
09:37 / 22.06.2023
Ulug‘bek Inoyatov: “Eng kam iste’mol xarajatlari belgilanishi qonun bilan kafolatlanishi kerak”
22:30 / 20.06.2023