Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada mamlakat birlashganining 27 yilligi nishonlamoqda
Germaniyada mamlakat birlashgan kun – Germaniya birdamligi kunining 27 yilligi nishonlanmoqda. Bu kun milliy bayram sifatida nishonlanadi. 1990 yil 3 oktabrda sobiq Germaniya Demokratik Respublikasining 5 ta yeri – Brandenburg, Meklenburg-Old Pomeraniya, Saksoniya, Saksoniya-Anxalt va Tyuringiya Germaniya Federativ Respublikasi tarkibiga qo‘shilgan.
"Biz birga – Germaniyamiz" shiori ostidagi markaziy tadbirlar bu yil Mayntsda o‘tdi. Ayni vaqtda bu shahar federal yerlar vakillari palatasi – Bundesratda raislik qilmoqda va an'anaga ko‘ra bayram mezboni hisoblanadi. Bayram tadbirlarida Germaniyaning oliy siyosiy rahbariyati vakillari, jumladan prezident Frank-Valter Shtaynmayyer, kansler Angela Merkel, Bundestag raisi Norbert Lammert ishtirok etdi.
"Germaniya birlashishida bizga omad kulib boqqan va bu bizga mavjud muammolarni hal qilish uchun kuch berishi lozim", deb aytdi Merkel o‘z nutqida.
"Germaniya birdamligi kuni fikrimcha, bizda bor eng ahamiyatli bayramdir", deb aytgan Reynland-Pfalts yeri bosh vaziri Malu Drayyer.
Shaharda konsertlar, turli ko‘ngilochar tadbirlar uyushtirildi. Bayram salyut bilan yakunlangan.
Bayram doirasida, shuningdek, Ochiq masjidlar kuni tashkillashtirildi. "Yaxshi qo‘shnichilik – eng yaxshi jamiyat" shiori ostidagi bu tadbir davomida butun mamlakat bo‘ylab mingga yaqin masjid musulmonlar hayoti va madaniyati bilan tanishmoqchi bo‘lganlarga o‘z eshiklarini ochgan.
Mavzuga oid
18:47 / 14.06.2026
Germaniya prezidenti O‘zbekistonga keladi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026